Frazeologiya tilshunoslikning alohida bir bo‘limi bo‘lib, unda ko‘chma ma’noga asoslangan turg‘un birikmalar, iboralar o‘rganiladi. “Frazeologiya”. termini grekcha “pharsis” fraza, ifoda “logos” ta’limot degan ma’nolarni anglatib, uning tadqiqot doirasiga faqat ko‘chma ma’noga asoslangan turg‘un birikmalar kiritiladi [Kunin 2005:7].